TIJORAT TAKLIFINI YUBORISH UCHUN ARIZA

Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishiga amaliy ko‘mak berish xizmatini ko‘rsatadi.

Tadbirkorlik sub’ektlari mazkur xizmatdan foydalanishi uchun quyida keltirilayotgan shakldagi tijorat taklifini to‘ldirishlari lozim bo‘ladi. O‘z navbatida to‘ldirilgan tijorat takliflari Eksportga ko‘maklashish, savdo-sanoat ko‘razmalari va yarmarkalarni tashkil etish bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy hamkorlarni izlash va ularga mahsulotni sotishda qulaylashtirish maqsadida quyidagi shakldagi barcha maydonlarni to‘ldirish kerak bo‘ladi.

O‘z navbatida tijorat taklifini tijorat tarmoqlariga, ulgurji savdo bilan va import bilan shug‘ullanadigan xorijiy korxonalarga etkazish maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan xorijiy mamlakatlardagi hamkorlariga tegishli murojaat yuboriladi.

Tijorat taklifini ko‘rib chiqish natijasida xorijiy korxonalardan qiziqish bildirilgan taqdirda Eksportga ko‘maklashish, savdo-sanoat ko‘razmalari va yarmarkalarni tashkil etish bo‘limi tomonidan tijorat taklifi bilan murojaat etgan tadbirkorlik sub’ektiga ushbu korxonalarning ma’lumotlari istiqbolda ular bilan mahsulotlarni etkazish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun beriladi.

Tijorat taklifi unda ko‘rsatilgan mahsulot va maqsadli eksport bozorlar bo‘yicha o‘rganilishini inobatga olib, 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

ARIZA

Xorijiy xaridorlarga mahsulotlarni sotish bo'yicha tijorat taklifini yuborish uchun ariza

Ishlab chiqariladigan mahsulotlar r'oyxati

+ (998)
+ (998)