06.12.2016 3443

Andijon viloyatida biogaz qurilmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Loyihaning ochilishida BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner, Buloqboshi tumani hokimligi va Savdo-sanoat palatasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar boshqarmasi xodimlari fermerlar, tadbirkorlar, mahalla faollari va aholi vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu biogaz qurilmasi kuniga 4 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, biogaz qurilmasidan olingan organik o‘g‘itlar meva-sabzavotlar xosildorligini 4 foizgacha ortishi hamda ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirishga omil bo‘lishi mutaxassislar tomonidan tantana ishtirokchilariga etkazildi.

   

Bu yangilik iqtisodiy jihatdan foydali va atrof muhitni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lganligi bois fermer xo‘jaliklarda, tadbirkorlarda va maxalla ahlida qiziqish uyg‘otdi va kelgusida bunday loyihalarni kupaytirish yuzasidan bir nechta takliflar bildirildi.

O'z SSP Matbuot xizmati