08.02.2017 1576

TRADE.AGROFAIR.UZ elektron savdo platformasi ishga tushdi


Ushbu elektron savdo platformasi tovar ishlab chiqaruvchilar, oziq-ovqat mahsulotlarini ichki bozorda sotishga va eksport qilishga yordam beradi. Loyihasining dasturi eng avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining tashqi bozorlarga chiqishini ta’minlashdan iborat.

TRADE.AGROFAIR.UZ elektron tashqi savdo platformasi mamlakatning har bir korxonasi xorijlik xaridorlar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va texnik parametrlari, ta’minot sharoitlari va eksport narxlarini o‘z ichiga olgan barcha zarur ma’lumotlarni joylashtiruvchi shaxsiy internet sahifasi xisoblanadi.

Shu bilan birga platformaning funksional imkoniyatlari korxonaning har bir xodimiga "shaxsiy kabinet" ochishni ko‘zda tutadi, bu eksport shartnomasini tuzishda ulgurji sotib oluvchilar bilan muzokara olib borishga yo‘l ochadi.