19.08.2015 6413

“KAFOLAT sug`urta kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda "Tadbirkor manfaati - sug‘urta himoyasida"mavzusida taqdimot dasturini o‘tkazdi


2015 yil 19 avgust kuni “KAFOLAT sug`urta kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati  O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda "Tadbirkor manfaati - sug‘urta himoyasida"mavzusida taqdimot dasturini o‘tkazdi.

Ushbu taqdimot dasturi doirasida tadbirkorlar o‘rtasida sug‘urta madaniyatini yanada yuksaltirish, davlatimiz tomonidan sug‘urta sohasida yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni keng targ‘ib etish, tadbirkorlarimizga sug‘urta mahsulotlari bilan sug‘urtaviy ximoyasini ta’minlash hamda ular o‘rtasida baxtsiz hodisalarni oldini olish, baxtsiz hodisalar natijasida, ularning hayoti va sog‘lig‘iga zarar etishi hamda sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘lab berilishi, shu bilan birga tadbirkorlarni moliyaviy zararlardan himoyalash yo‘llari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish hamda mijozlarning talab va istaklarini qondira oladigan sug‘urtaning yangi yo‘nalishlari kabi mavzularda muloqotlar o‘tkazildi.

Alohida qayd etish joizki, Kompaniya aholi, korxona va tashkilotlarga yanada yaqin bo‘lish maqsadida xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda hamda har bir mijozning zamonaviy talablariga javob beruvchi sug‘urta turlari spektrini taqdim etib kelmoqda. Mijozlarning talab va istaklarini qondira oladigan yangi yo‘nalishlar va sug‘urta turlarini yaratish ustida doimiy ravishda ish olib borilmoqda. 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida kompaniya tomonidan “Nuroniy” va “Fayzli xonadon” sug‘urta turlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilmoqda.  Bundan tashqari «Avtotransport vositalariga o‘rnatilgan gaz uskunalarini sug‘urtalash», «Haydovchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash», «Abiturientlarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash», “Maishiy texnikalarni sug‘urtalash” kabi yangi sug‘urta turlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etildi.

Mamlakatimiz hukumati tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari rivojlanishi uchun ham huquqiy, ham tashkiliy vazifalarni o‘z ichiga olgan barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda “Kafolat sug`urta kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlarni sug‘urtaviy himoyaga olib, baxtsiz hodisalar oqibatida ularning hayoti va sog‘lig‘iga etadigan zarar o‘rnini qoplash orqali va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor sug‘urtasi” deb nomlanuvchi yangi yakka tartibdagi tadbirkorlarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash turi ishlab chiqildi. Mazkur sug‘urta turi tadbirkorlar uchun har tomonlama qulay bo‘lib, tomonlarning manfaatlariga to‘liq mos ravishda ishlab chiqildi.

Taqdimotlar so‘ngida tadbirkorlarning sug‘urta bo‘yicha berilgan savollariga batafsil javoblar berildi.