22.02.2017 1553

O‘zbekiston-Shvetsiya biznes-forumi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Shvetsiyaning «Business Sweden» savdo va investitsiya uyi hamkorligida Shvetsiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi XSP rahbari I.Tersman (qarorgohi Stokgolm shahrida) rahbarligidagi shvetsiyalik ishbilarmon doiralari delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi tashkil etildi.

Ushbu tashrif doirasida 22 fevral kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida yirik Shvetsiya kompaniyalari ishtirokida O‘zbekiston-Shvetsiya biznes-forumi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.

   

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad o‘zbek va shved kompaniyalari o‘rtasida savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, O‘zbekistonda biznes yuritish bo‘yicha shved kompaniyalarining tajribasi taqdimoti, yangi qo‘shma korxonalarni tashkil etish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir masalalarni muhokama qilishdan iborat.

   

Delegatsiya tarkibidan tog‘-kon sanoati, energetika, telekommunikatsiya, shuningdek, transport va infratuzilmani rivojlantirish kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik shved kompaniyalarining vakillari o‘rin olgan.

   

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida shuningdek, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda Ikki tomonlama savdo quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

                                                                                                                                    (mln.doll.AQSh)

Yillar

Tovar aylanmasi

Eksport

Import

2011 й.

32,0

0.3

31.7

2012 й.

39,8

0.4

39.3

2013 й.

34.4

0.5

31.9

2014 й.

34.3

1.0

33.4

2015 й.

37.0

1.1

35.9

 

   

Hozirda O‘zbekiston Respublikasida Shvetsiya kapitali ishtirokidagi 8 ta korxona faoliyat yuritmoqda. O‘zR Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshida shved kompaniyasining 1 ta vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.

O‘zSSP axborot xizmati

.