19.04.2017 648

Navbatdagi videokonferensiya tarzidagi o‘quv amaliy seminar tashkil etildi


Joriy yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida, Respublikamizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarining mas’ul xodimlari, Axborot maslahat markazlari xodimlari uchun videokonferensiya tarzida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.    

Ko‘plab tadbirkorlik faoliyatida qiyinchilik tug‘dirayotgan savollarga javob olindi va hisobotlarni yuritish hamda hisobotlarni soliq boshqarmalariga topshirish ishlarini amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlandi.

O‘tkazilgan video o‘quv seminarida 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib faoliyatlari uchun kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

O‘zSSP axborot xizmati