02.05.2017 1035

BMTTD va milliy hamkorlar ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish choralarini muhokama qildilar


2017 yil 2 may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda BMTTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (III-faza)” qo‘shma loyihasi tomonidan O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va mamlakatning Jahon bankining “Biznes yuritish” hisobotidagi xalqaro reytingini oshirish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Bugungi kunda ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy iqlim jozibadorligini oshirishga doir hatti-harakatlarni faollashtirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga xizmat qilib, aholining turmush sifati va darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, aholi turmushi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish mamlakat hukumati va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining eng muhim vazifasi sanaladi.

Qayd etish kerakki, so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda biznes yuritishning institutsional asoslarini yaxshilashga doir keskin chora-tadbirlar qabul qilindi. Jumladan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, bir tomondan, davlat organlarining biznes bilan o‘zaro hamkorligi tartibini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, u barcha ro‘yhatdan o‘tkazish, ruhsat berish va litsenziyalash tartib-tamoyillarini soddalashtirish va kamaytirish, soliq va bojxona ma’murlashtirishini, hisobga qo‘yish va hisobotlik tizimini takomillashtirishdan iborat. Boshqa tomondan, islohotlar nazorat organlari vazifalarini kuzatish-nazorat shaklidan huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga yo‘l qo‘ymaslikka oid vazifalarga qayta yo‘naltirishni nazarda tutadi.

Natijada, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi 2000 yildagi 31 foizdan 2016 yilda 56,9 foizga etdi, mazkur sohada band aholining soni esa muvofiq ravishda 49,7 foizdan 78,1 foizgacha o‘sdi.

Shu bilan birga,  respublikada amalga oshirilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar har yili xalqaro moliya institutlari tomonidan baholanadi. Xususan, ana shunday nufuzli xalqaro reytinglar qatoriga jahonning 189 davlatida 10 ta indikator bo‘yicha biznes yuritish osonligini baholaydigan Jahon bankining “Biznes yuritish-2017” (Doing Business) xar yilgi tadqiqotini kiritish mumkin.

Jahon banki metodologiyasi bo‘yicha ishbilarmonlik muhitini baholashda, bular xoh qonunchilikda biriktirilgan me’yorlar bo‘lsin, xoh ularning amaliyotga tatbiq etilishi bo‘lsin, ikki ko‘rsatkichdan birining eng yomon holati hisobga olinadi. Bunday yondashuv ruxsat berish tartib-tamoyillari, biznes uchun ushbu tartib-tamoyillardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt va moliya harajatlarini baholashda qo‘llaniladi.

Mamlakatning reytingdagi pozitsiyasi ishbilarmonlik muhitining qulayligini aks ettirish bilan birga, xalqaro biznes-jamiyatda investitsiyaviy qarorlarni qabul qilishda muhim omil sanaladi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida ham «Doing Business» hisobotida O‘zbekiston reytingini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid vazifalar belgilangan.

Shunga muvofiq ravishda BMMTD “O‘zbekiston biznes-forumi (III-faza)” loyihasi ekspertlari mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida tadbirkorlarga davlat xizmatlari taqdim etilishini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqib, ularni milliy hamkorlarga muhokama uchun taqdim qildilar. Davra suhbatida tadbirkorlarga davlat xizmatlarini  taqdim etadigan vazirliklar va idoralarning vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir chog‘ida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston «Doing Business - 2017» reytingida 189 davlat orasida 87-o‘rinni egallab, qato ko‘rsatkichlar bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida etakchiga aylandi. Avvalroq, biznes uchun davlat xizmatlarini maqbullashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar “Xususiy mulkni ro‘yhatdan o‘tkazish” va “Minoritar manfaatlar muhofazasi” ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topdi. O‘zbekiston 2016 yilga nisbatan muvofiq ravishda reytingini 6 va 8 pozitsiyaga yaxshiladi.

Aytish kerakki, litsenziyalar va ruhsat beruvchi xarakterdagi hujjatlarni olish bilan bog‘liq tartib-tamoyillar, eksport va import chog‘ida mahsulotlarni sertifikatlash tartib-tamoyillarini soddalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida bojxona rasmiylashtiruvi va yuklarni tashish bilan bog‘liq vaqt va mablag‘ sarflanishi qisqardi. Soliqqa tortib sohasidagi islohotlar ham Jahon bankining reytingida ijobiy aks etdi.

BMTTD ekspertlari mamlakatning ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga doir vazifalardan kelib chiqib, Jahon banki tomonidan baholanadigan jami 10 ta indikator bo‘yicha o‘z tavsiyalarini taqdim etdilar (“Korxonani ro‘yhatdan o‘tkazish”, “Energiya ta’minoti tizimiga ulanish”, “Qurilish uchun ruhsat olish”, “Xususiy mulkni ro‘yhatdan o‘tkazish”, “Kreditlar olish”, “Xalqaro savdo”, “Shartnomalar bajarilishini ta’minlash”, “Soliqqa tortish”, “To‘lovga layoqatsizlikni bartaraf etish”, “Minoritar manfaatlar muhofazasi”, “Biznesni ro‘yhatdan o‘tkazish”). Qayd etilganidek, o‘tkazilayotgan islohotlarning ishbilarmonlik muhitiga ta’siri to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni tayyorlash ishlari yakuniga etayotgan bo‘lib, unda muvofiq tavsiyalar keltirilgan.

Xususan, takliflar davlat xizmatlaridan foydalanishda milliy autentifikatsiya vositalari joriy etilishini tezlashtirish, bankda masofadan hisob-raqamlari ochish imkoniyatini yaratish, minoritar aktsiyadorlarning huquqlari muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, ko‘chmas mulkka huquqlarni ro‘yhatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish, korxonalarning ixtiyoriy yo‘qotilishi tartib-tamoyillarini tubdan soddalashtirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi.

***

“O‘zbekiston biznes-forumi (III-faza)” loyihasi SSP va BMTTDning qo‘shma tashabbusi hisoblanib, onlayn xizmatlarni joriy etish, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, inklyuziv biznes-modellarni rivojlantirish va ilgari surish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.