01.08.2017 854

O‘zbekistonda biznes muhitni yaxshilash uchun nimalar zarur


“O‘zbekiston Respublikasining Jahon banki “Biznes yuritish” yillik hisobotidagi reytingini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ommaviy muhokama uchun e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston Biznes-forumi (III-faza)” qo‘shma loyihasi ushbu hujjatni ishlab chiqishda ishtirok etdi hamda 2017 yilning may oyida tashkil etilgan “davra suhbati” davomida muhokama qilingan, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir tavsiyalarni taqdim etdi.

BMTning 2016-2020 yillardagi O‘zbekiston Respublikasi uchun rivojlanish maqsadlariga ko‘maklashishga doir doiraviy dasturi (YuNDAF) tadbirkorlik daromadlarining barqaror o‘sishni ta’minlash va aholi bandligini oshirish omili sifatida ishbilarmonlik muhitini asosiy maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanishini nazarda tutadi. Shunday qilib, davlat–xususiy muloqoti doirasida takliflar ishlab chiqish va normativ-huquqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘li bilan O‘zbekistonning 2020 yilga qadar biznes yuritish yengilligi bo‘yicha top-50 mamlakatlar reytigiga erishishini ta’minlovchi ishlarni tashkil etish hamda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Bugungi kunda turli ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik jarayonlarni hamda turli mamlakatlardagi iqtisodiy holatni o‘rganuvchi ko‘p sonli halqaro tadqiqotlar, hisobotlar, indayekslar va reytinglar mavjud. Masalan, “Global raqobatbardoshlik to‘g‘risidagi hisobot” (Global Competitiveness Report) Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan hamkor tashkilotlar tarmog‘i – yetakchi tadqiqot institutlari va kompaniyalar bilan hamkorlikda tahlil etilayotgan mamlakatlarda o‘tkazilgani holda, umumfoydalanishdagi statistik ma’lumotlar va tashkilotlar rahbarlari so‘rovi natijalariga asoslangan. Metodologiya shunday tarzda tashkil etilganki, u raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatuvchi keng doiradagi omillarni qamrab olishga imkon beradi. Hisobotga 138 ta mamlakatning raqobatbardoshlik sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarining batafsil tavsifi kiritilgani holda bu iqtisodiy rivojlanish siyosati hamda asosiy islohotlarni shakllantirish uchun istiqbolli sohalarni belgilab olish imkonini beradi.

100dan ortiq mamlakatlarda milliy mohiyatdagi tadbirkorlik faoliyatini baholovchi, London Biznes Maktabi (Buyuk britaniya) tomonidan tuziladigan “Tadbirkorlikning global monitoringi” (Global Entrepreneurship Monitor) yana bir qiziqarli tadqiqotlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Taqdim etilayotgan davlat xizmatlari sifatini anglab yetishni baholovchi, hukumatning samaradorligi asosiy me’zonlaridan biri bo‘lgan Jahon bankining “Global boshqaruv indikatori” (Worldwide Governance Indicators)) ham alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, Jahon banki tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar shakllanishi va muhokamasida fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtiroki darajasi bo‘yicha 185 ta mamlakatni baholovchi “Boshqarishni tartibga solishga doir global indikatorlar” (Global Indicators of Regulatory Governance) tuzib kelinadi.

Jahon bankining “Biznes yuritish” (Doing Business) hisoboti nisbatan obro‘li, halqaro darajada tan olingan hamda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan hisobot bo‘lib hisoblanadi. Har yili 190 mamlakat o‘z yurisdiksiyalarida nisbatan qulayroq bo‘lgan biznes yuritish sharoitlarini shakllantirish yuzasidan raqobatlashadilar. Horijiy investorlar va hamkorlar investitsiya qarorlarini qabul qilishda ushbu tadqiqotlarga tayangan holda biznes yuritish sharoitlarini inobatga oladilar.

2015 yilgi — “Biznes yuritish - 2016” hisobotiga ko‘ra O‘zbekiston eng ko‘p sonli islohotlar o‘tkazgan top-10 mamlakatlar qatoriga kirdi. Ammo, biznes yuritishning mavjud sharoitlari tahlili hali ham halqaro me’yorlarga muvofiq emas. Masalan, Toshkent shahrida qurilishga ruxsatnoma olish uchun tadbirkor 23 ta jarayondan o‘tishi zarur bo‘lgani holda bunga 176 kun talab etiladi, aksincha ushbu ko‘rsatkichlar Markaziy Osiyo va Yevropa bo‘yicha muvofiq ravishda o‘rtacha 15 ta jarayon hamda 160 kunni tashkil etadi.

2016 va 2017-yilgi “Biznes yuritish” ma’lumotlarining taqqoslama tahlili shuni ko‘rsatdiki, umuman olganda qonunchilikda belgilangan tartibotlar soni va muddatlari hamda belgilangan tartibotlarga amalda rioya etish o‘rtasidagi farq 9 ta tartibotga (2016 yilda – 56 va 2017 yilda – 65 dona) ortganligi, biroq kunlar soni 3 birlikka (2016 yilda – 228 va 2017 yilda – 225 kun) qisqarganligi to‘g‘risida shahodat beradi, bu esa normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosini yanada ham takomillashtirishni talab etadi.

Shu sababli, qaror loyihasi bilan O‘zbekistonning “Biznes yuritish” hisobotidagi reytingini ko‘tarishga doir ishlarni muvofiqlashtiruvchi doimiy faoliyat yurituvchi idoralararo komissiya tuzish taklif etilgan. Komissiya davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari tomonidan bajariladigan ishlarning tanqidiy tahlilini o‘tkazish, tadbirkorlar faoliyatini tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qaror loyihasida ma’muriy tartibotlardan o‘tishning yangi tartibi, muddatlari va ular bilan bog‘liq sarf-xarajatlar to‘g‘risida tadbirkorlarning xabardorligini yaxshilashga doir ishlarni tashkil etishga asosiy e’tibor qaratilgan.

Biznes-muhitni yaxshilashga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini har 6 oyda kamida 100 ta tadbirkorlik sub’ektlarida, shu jumladan “tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini qayta ishlash, ko‘rib chiqish hamda takliflarini muhokama qilishga bo‘yicha maxsus portal” orqali so‘rovnomalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash taklif etiladi.

Qaror loyihasida O‘zbekistonning “Biznes yuritish” halqaro reytingidagi mavqesini 2016 yildagi 87-o‘rindan 2021 yilda 40-o‘rinchaga yaxshilashga doir vazifa qo‘yilgan.

Qaror loyihasiga 2017 yilning 11 avgustiga qadar mulohozalar kiritilishi mumkin.