03.08.2017 796

Yana bir tadbirkorning muammosi xal etildi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga “Uzagrostroy maxsus montaj kompaniyasi” 2014-yildan buyon bajarilgan ishlar uchun  “Shodlik Taraqiyot Fayz” hususiy korxonasi qarzdorlikni to‘lamasdan kelayotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushdi. Palataning ma’sul xodimlari “Shodlik Taraqiyot Fayz” hususiy korxonasi manfaatlarini himoya qilish uchun Toshkent shahar xo‘jalik sudiga, so‘ngra Apellyatsiya instantsiyasi sudiga  da’vo ariza kiritishdi. Ushbu sud ishlari salbiy yakun topgani sababli, adolatni tiklab, qarzdorlikni undirishga yordam berish maqsadida da’vo ariza Kasatsiya sudiga kiritildi. Natijada Palataning malakali mutaxassislari tomonidan 3 yil davomida to‘lanmay kelayotgan 130 mln. sum pul mablag‘ida bo‘lgan qarzdorlikni undirishga erishildi.

“Shodlik Taraqiyot Fayz” rahbari Xayrullo Tojiev O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga yo‘llagan maktubida Palata xodimlariga o‘z minnatdorchiligini ishor etar ekan “Sizlardek tadbirkorlar manfaatini himoya qiluvchi jonkuyar davlat tashkiloti bor ekan mustaqil O‘zbekiston davlatimizda tadbirkorlik va ishbilarmonlik gurkirab yashnaydi, davlatimiz ravnaqi yo‘lida xormay tolmay qilayotgan mexnatlaringiz biz tadbirkorlarga kuch-quvvat bag‘ishlaydi” – deya o‘z tashakkurnoma xatiga yakun yasadi.

O‘zSSP axborot xizmati