21.09.2017 909

1 oktyabrdan qator mahsulotlar uchun import bojlari pasaytiriladi


O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi mamlakat hududiga olib kiriladigan mahsulotlarga bojxona boji va aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Prezident qarori loyihasini tayyorladi. Yangi stavkalarning 1 oktyabrdan kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Stavkalar (taklif etilayotgan o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati Excel faylda) valyuta siyosati erkinlashuvi sharoitida ichki bozorda aholi iste’mol talablarini qondirish va narxlarning sun’iy ravishda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek milliy ishlab chiqaruvchilarga zarur qurilma va butlovchi qismlar, xom ashyo va materiallarni olib kirish uchun qulay sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Loyihada neft va neft mahsulotlari, yirik va mayda shoxli qoramollar, qoramol go‘shti, baliq mahsulotlari, sut, kartoshka, yormalar, un va boshqa tovarlar uchun import bojini to‘liq bekor qilish taklif etilgan. Import avtomobillar uchun bojlar o‘zgarishsiz qolgan.

Qator mahsulotlar uchun aksiz solig‘ini pasaytirish bilan birgalikda, ko‘plab turdagi bojlar miqdorini pasaytirish ham taklif etilmoqda.

Manba: «Gazeta.uz»