26.09.2017 2331

“Hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzuidagi II O'zbekiston-Rossiya ishbilarmonlik forumi bo'lib o'tdi


O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif doirasida 26 sentyabr soat 10-00 da «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida “Hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzuidagi II O'zbekiston-Rossiya ishbilarmonlik forumi bo'lib o'tdi.

                                               
Ushbu tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad O'zbekiston va Rossiya kompaniyalari o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilishini qo'llab-quvvatlash, yangi qo'shma korxonalarni tashkil etish va yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirishga oid masalalarni ko'rib chiqishdan iborat edi.
Tadbirda kimyo, yengil, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, aviatsiya, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatlari, metallurgiya, tibbiyot vositalari, ishlab chiqarishga mo'ljallangan mahsulotlar, yo'l-qurilish texnikasi, neft-gaz qurilmalarini ishlab chiqarish, energetika, gidrotexnika kabi 30 dan ortiq Rossiya kompaniyalarining ishtirokida tashkil tnb
Ishbilarmonlik uchrashuvi chog'ida ikki davlat tadbirkorlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni mustahkamlash bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirda quyidagi mavzular bo'yicha 3 ta seksiya majlisi o'tkazildi: I Seksiya. O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi o'zaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish («Samarqand» zali); II Seksiya. Turizm - hududlar iqtisodiyotini rivojlantiruvchi kuch sifatida («Buxoro» zali); III Seksiya. Mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda transport va logistika («Xiva» zali).
Ishbilarmonlik forumi doirasida O'zR SSP va RF SSP o'rtasida xalqaro tijorat arbitraji va mediatsiya sohasida hamkorlik to'g'risidagi Bitim, shuningdek, 2018-2019 yillarda Rossiya-O'zbekiston ishbilarmonlik kengashi va O'zbekiston-Rossiya ishbilarmonlik kengashi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandum nizomlarini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar Rejasi (“Yo'l xaritasi”) imzolandi.

                                                
Qayd etish kerakki, 2016 yil yakunlari bo'yicha mahsulotlar aylanmasi 4 237,5 mln. dollarni (2014 yilga nisbatan -4,9%), jumladan eksport 1 842,4 mln. dollarni (+1,2%), import - 2 395,1 mln. dollarni (-9,1%) tashkil etdi.
Asosiy eksport pozitsiyalari: tabiiy gaz (26,6%), to'qimachilik mahsuloti (24,7%), transport xizmatlari (21,1%), yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari (8,0%), kimyoviy mahsulotlar (3,1%), sink (1,5%).
Import: qora va rangli metallar (17,0%), yog'och (15,2%), neft va neft mahsulotlari (14,6%), mexanik qa elektr qurilmalar (13,1%), oziq-ovqat mahsulotlari (10,1%), kimyoviy mahsulotlar (3,6%), qog'oz buyumlar (3,3%), farmatsevtika vositalari (3,0%), transport vositalari (2,6%) va h.k.
2016 yil davomida jalb etilgan Rossiya investitsiyalarining hajmi 1 292,8 mln. dollarni, jumladan neftgaz tarmog'idagi loyihalarda - 1 204,8 mln. dollarni (93,2%) va telekommunikatsiya sohasida - 84,7 mln. dollarni (6,5%) tashkil qildi. 
O'zbekiston Respublikasida Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi 961 ta korxona faoliyat yuritib, ulardan 810 tasi qo'shma korxona va 151 tasi 100% Rossiya kapitaliga ega. Mamlakatimizda Rossiyaning 64 ta firmasi va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiyadan o'tgan.

                                               


O'z navbatida, Rossiya hududida O'zbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokidagi 569 ta korxona tashkil etilgan.

O‘zSSP axborot xizmati