12.10.2017 881

«Biznes  reja va texnik iqtisodiy asoslarni tayyorlash» o'quv kursi o'tkazildi.


Joriy yilning 29-30 sentyabr kunlari «QORAQALPOQ BIZNES TA’LIM» nodavlat ta'lim muassasasi tomonidan «Biznes  reja va texnik iqtisodiy asoslarni tayyorlash» bo'yicha 2 kunlik o'quv kursi  o'tkazilib, unda jami 13 nafar tinglovchilar ishtiroq etti.

Mazkur o'quv seminarda o'quv markazi biznes-trenerlari tomanidan tadbirkorlarga, shuningdek, biznes reja tuzish va o'z biznesini boshlash maqsadila bo'lgan yoshlarga «Biznesni rejalashtirish va texnik iqtisodiy asoslarni tayyorlash» mavzusidagi o'quv kursi jarayonida, ular prezentatsiya asosida qatnashuvchilarga biznes reja tuzishda nimalarga ahamiyat berish kerak va uning qoidalari, maqsad va belgilangan vazifalarga birma-bir to'xtalib o'tishdi. O'quv seminar interaktiv tarzda tashkillashtirilib, unda ishtirokchilar faol qatnashdilar. Bunga qo'shimcha o'quv seminar davomida o'quv kursi ishtirokchilariga biznes-trenerlar tadbirkorlikni rivojlantirish, marketing asoslari, raqobat, baho siyosati va moliyaviy hisobotlar bo'yicha keng tushuntirishlar berishdi.

O'quv seminari davomida ularning biznes g'oyalari bilan tanishishdi va ularga nimalar qilish kerakligi haqida maslahatlar berildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning qiziqishlariga ham alohida to'xtalib, ular o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. 

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bunday o'quv kurslarini kelgusida muntazam o'tkazilib borilishi rejalashtirilgan.

O'zSSP Axborot xizmati