10.11.2017 397

O'zbekistonning zamonaviy huquqiy tizimida xalqaro tijorat arbitrajini takomillashtirishga oid dolzarb masalalar muhokama etildi.


10 noyabr kuni O'zbekistondagi Fransiya Elchixonasining tashabbusi bilan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida Toshkent shahrida “O'zbekistonning zamonaviy huquqiy tizimida arbitraj tekshiruvini takomillashtirishga oid dolzarb masalalar” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar ishida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, adliya, iqtisodiyot, moliya va tashqi savdo vazirliklari, Savdo-sanoat palatasining mas'ul xodimlari, xalqaro tijorat arbitrajlarining arbitrlari, olimlar, advokatlar va O'zbekiston hamda Fransiya tijorat arbitraji sohasidagi mutaxassislar, shuningdek ommaviy aborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Seminar chog'ida qayd etilganidek, xalqaro tijorat arbitraji murakkab tijorat tranzaksiyalari, jumladan, to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalari uchun kuchli vosita sifatida nizolarni bartaraf etishning moslashuvchan tartib-tamoyilini shakllantirish imkonini beradi. Tartib-tamoyilning moslashuvchanligi, tijorat sirlari va ishbilarmonlik nufuzining maksimal darajadagi muhofazasini ta'minlash imkonini beradigan maxfiylik kafolatlari, arbitrlar sifatida malakali mutaxassislarni tanlash imkoniyati – bularning bari xalqaro tijorat arbitrajini investorlar va xalqaro savdo sub'ektlari uchun nizolarni bartaraf etishning samarali usuliga aylantiradi. Aynan shu bois, iqtisodiyotiga chet el investitsiyalari oqimini faollashtirish niyatida bo'lgan davlatlar ham huquqiy, ham tashkiliy jihatdan xalqaro tijorat arbitraji sohasini rivojlantirishi zarur.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi PF-5087-sonli “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonini ijro etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimida chet ellik investorlar, shuningdek xorijlik hamkorlar bilan o'zaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofaza qilinishini ta'minlash bo'yicha Xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar Rejasi tasdiqlangan. Kompleks chora-tadbirlar Rejasini ijro etish bo'yicha ishchi guruh tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ko'zlangan “Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi tayyorlangan.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitraji tashkil etilishi va faoliyati, shuningdek uning qarorlari tan olinishi va ijro etilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga-solishdan iborat.

Taklif etilgan Qonun loyihasining qabul qilinishi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

birinchidan – tekshiruv arbitraji institutini ommaviy ahamiyatga moliy vazifalarni amalga oshiradigan va nizolarni bartaraf etishning muqobil usuli hisoblanadigan fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida O'zbekistonda rivojlantirish;

ikkinchidan – tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish uchun zarur huquqiy sharoitlarni yaratish;

uchinchidan – tashqi iqtisodiy bitimlardan yuzaga keladigan nizolarni ko'rib chiqishda xo'jalik sub'ektlarining harajatlari, ko'rib chiqish muddatlari qisqarishini ta'minlash;

to'rtinchidan – mamlakatning xalqaro bitimlardagi nizoli masalalarni ko'rib chiqish bo'yicha mintaqadagi nufuzi o'sishini ta'minlash.

Aytish joizki, Qonunni tayyorlash va muhokama qilish jarayoniga Savdo-sanoat palatasi tomonidan respublika ishbilarmon doiralarining vakillari, mutaxassislar va ekspertlar, Rossiya, Qozog'iston, Birlashgan Arab Amirliklari xalqaro arbitraj sudlarining arbitrlari, shuningdek SSP qoshidagi hakamlik sudining sudyalari faol jalb qilindi.

Bundan tashqari, professional hamjamiyat, jumladan yuristlar, faol tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritayotgan xususiy biznes vakillari, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahoratli ekspertlar keng jalb qilingan holda loyiha muhokamasi o'tkazildi.

Seminar ishtirokchilarining umumiy fikriga ko'ra, bu kabi tadbirlar arbitraj tekshiruvini takomillashtirish va uning huquqiy bazasini mustahkamlash bilan bir qatorda, biznesning, jumladan, chet ellik investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari samarali muhofaza qilinishi, mazkur sohaga oid milliy tajribani chet elda keng targ'ib etilishi yo'lida xizmat qiladi.

 

O'zSSP Axborot xizmati