01.12.2017 326

Soliq qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha Ekspert kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi


Davlatni dunyoga tanitadigan va xalqning yashash sharoitlarini rivojlantiradigan soha bu tadbirkorlikdir. Shu boisdan, davlatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ularga imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining rivojida soliqlarning muhim o'rni bor ekanligini ham inobatga olgan holda, uni takomillashtirish borasidagi yangi izlanishlar hozirga qadar davom etmoqda. Ammo, qaratilgan ko'plab imkoniyatlarga qaramay, qonunga xilof ish yuritayotgan tadbirkorlar va mol-mulk egalari ham yo'q emas. Hozirda, joriy etilgan soliq tizimi ularda muammolar keltirib chiqarmasligi va noqulaylik tug'dirmasligi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.

Shu sababli, 30 noyabr kuni "Soliq qonunchiligini takomillashtirish" bo'yicha O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Ekspert kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. 

Unda ishtirokchilar tomonidan mavjud soliq tizimini takomillashtirish bo'yicha fikrlar, soliq kodeksidagi kamchiliklarni bartaraf qilishga doir takliflarni berishdi. Shu bilan birga aholi turmushida makro va mikro firmalari hamda mol-mulk egalaridan olinadigan, ya'ni ular uchun belgilangan soliq tizimi ushbu ob'ektlarga ijobiy holat bo'la olishidir. Bunda ular uchun umumbelgilangan soliq rejimidagi soliq yukini kamaytirish, korxonalarga tadbiq qilishni kuchaytirib, ularni soliq rejimiga o'tkazishini osonlashtirish, soliq bo'yicha qarzdorlikni kamaytirish va soliq to'lovini tabaqalashtirishdir. Ya'ni, faoliyat turlariga qarab soliqlarni undirish taklifi berilgan.

Kengash shu bilan birga, soliq qonunchiligini noto'g'ri qo'llagani uchun soliq organi mansabdor shaxslarining javobgarligi to'g'risida alohida modda kiritishni taklif etdi.

Ekspertlar tadbirkorlar tomonidan soliq sohasidagi muammoli masalalarni hal etish maqsadida, DSQ qoshida emas, balki SSP qoshida Ekspert kengashini tashkil etish, mazkur kengash taklifi sud tomonidan ishlar ko'rilishida inobatga olinishi to'g'risidagi takliflarni ma'qullashdi.

Shuningdek, Soliq kodeksiga tez-tez kiritilayotgan o'zgarishlarni bartaraf etish maqsadida, kodeksga bir yilda bir marta – faqat yil boshida o'zgartirish kiritish taklif etildi.

Takliflarni to'liq matni bilan saytimizda joylashtirilgan prezentatsiyalar orqali tanishishingiz mumkin.

 

O'zSSP Axborot xizmati