06.12.2017 3567

“Kichik biznes uskunalari va mahsulotlari” xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimi o'tkazildi


            5 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar Ijod Saroyi” pavilonlarida, “SSP-Expocontact”, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Xalqaro Savdoni rivojlantirish Kengashi xamkorligida xar yilgi an'anaviy “Kichik biznes uskunalari va mahsulotlari” xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimi o'tkazildi.

           “Kichik biznes uskunalari va mahsulotlari” xalqaro ko'rgazmasi, ko'rgazmalar taqvimida yilning eng muhim tadbirlaridan biri hisoblanadi.

            Ko'rgazmada 40 dan ortiq O'zbek va Xitoy kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan uskunalar, minitexnologiyalar va tayyor mahsulotlarini o'z ichiga qamrab oluvchi o'ziga xos ekspozitsiyalar namoyishi bo'lib o'tdi.

            Shuningdek, joriy yil ko'rgazmada o'z mahsulotlari bilan “Duo Wei”, “Zhong Cha Sheng Huo”, “Jin Ri”, “San Quan” kabi Xitoy Xalq Respublikasining yirik ishlab chiqarish korxonalari ishtirok etdi.

            Bundan tashqari xalqaro ko'rgazma doirasida, neyl-dizayn, dekorativ kosmetika va sartaroshlik mahorati bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati hamda mahoratli mutahassislar tomonidan master-klasslar tashkil etildi.

         Ko'rgazma yo'nalishlari

Oziq-ovqat mahsulotlari va qadoqlash;

Qurilish va qurilish mahsulotlari;

Qishloq xo'jaligi texnikasi va mahsulotlari;

Tekstil, kiyim-kechak va oyoq kiyimlari;

Transport xizmatlari;

Konsalting xizmatlari;

Kimyo sanoati;

Tibbiyot mahsulotlari;

Savdo;

Energetika va boshqalar.

 

 

O'zSSP Axborot xizmati