07.12.2017 871

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag'ishlangan tadbir


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida joriy yilning 6 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida asosiy normalar inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, hamda qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari hususida ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Mazkur tadbirda O'zbekiston Davlat jaxon tillari Universiteti professori D.Bobojanovaning “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

Tadbir so'ngida I.Jasimov O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi barcha xodimlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi bilan qutlab, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo'lidagi beqiyos xizmatlarida kuch-quvvat tiladi.

 

O'zSSP Axborot xizmati