14.12.2017 637

Ekspertlar kengashining navbatdagi yig’ilishi reklama xizmatlarini yaxshilashga bag’ishlandi


               Joriy yilning 13 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi Ekspertlar kengashining o’tkazilgan navbatdagi yig’ilishida, reklama faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutasaddi davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Tadbir  reklama xizmatlarini ko'rsatishda,  korrupsiyani cheklashda va umumiy hisoblangan ishchanlik muhitini yaxshilash, masalalariga bag’ishlandi. Unda ishtirokchilar tomonidan reklama bozorini rivojlantirish va tartibga solish bo’yicha amaldagi qonunchilikdagi mavjud me’yoriy, huquqiy qonunlarni ko’rib chiqib, o’zgartirish haqida ko’plab taklif va tavsiyalar  berildi.

            Xususan, tashqi reklama mahsulotlarini joylashtirishda, belgilashda imkoni qadar yagona qoidalarni ishlab chiqish, reklama xizmatlarini sarf etilayotgan xarajatlar bilan mutanosib olib borilishi masalalari muhokama qilindi. Jumladan, tashqi reklama joylashtirishda respublikamizning turli viloyatlarida turli ta'riflar mavjudligi, tadbirkorlar ta'riflarni to'lashda muammolarga duch kelayotganligi masalalari keng muhokamaga sabab bo'ldi. Ekspertlar kengashi natijasida  muammoni ko’rsatib, kamchiliklarini aniqlash bilan birga uning yechimi uchun yo’lni ham tadbirkorlardan  olish taklif etildi. 

          Xurmatli tadbirkorlar!!! Agar sizda shu sohada muammo mavjud bo'lsa, mazkur muammoni yechish bo'yicha takliflaringizni sh.sattorov@chamber.uz elektron pochta manzili orqali yuborishingiz mumkin. Sizning takliflaringizni umumlashtiriladi va tegishli qonun hujjatlariga o'zgartirish kiritish to'g'risida, manfaatdor davlat organlariga taqdim etiladi.