14.12.2017 729

Mehnat sharoitini yaxshilashga bag'ishlangan davra suxbati o'tkazildi


                 2017 yil 11 dekabr kuni Nukus shahrida  Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat bosh tashkilotlari va O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari, Urgench davlat universiteti, “TATU” Urgench filiali hodimlari  ishtirokida davra suxbati bo'lib o'tdi.

                Tashrif buyurganlar bir qator sohalar hakida o'z fikrini bildirishdi. Hususan, tadbirda  “O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi Qayta aloqa mexanizmi”, “Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Qayta aloqa mexanizmini takomillashtirish orqali ishbilarmon sub'ektlarini samarali qo'llab-quvvatlash sistemasini yaratish”, “Uchinchi taraf monitoringi potensialini oshirish bo'yicha xulosa va tavsiyalar”, “Mehnat sohasini isloh qilish va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi Qayta aloqa mexanizmi statistikasi”,  Paxta terimi davomidagi bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo'l qo'ymaslik Milliy monitoring yakunlari va 2017 yilgi Axborot beruvchi kompaniya faoliyati mavzularida ma'ruza qildilar.

                Ma'ruzachilar tomonidan, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda O'zbekistonda 2017-2020 yillar uchun munosib mehnat bo'yicha mamlakat dasturining izchillik bilan amalga oshirilayotgani, mamlakatimizda mehnat sohasida davlat va jamoatchilik nazorati amalga oshirilayotgani, munosib mehnat tamoyillarini amalga oshirish maqsadida davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o'rtasida konstruktiv ijtimoiy muloqotning yo'lga qo'yilgani, xodimlar huquqlarini himoyalash, alohida qayd etildi.

                Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid imzolangan Bosh kelishuv asosida joylarda Mintaqaviy kelishuvlarning amal qilayotgani mazkur yo'nalishlardagi ishlar samaradorligini ta'minlayotgani ta'kidlandi.

                Davra suhbatida “2018 yilgi paxta terimi ishlarini yanada yaxshi o'tkazishda nimalarni qilish va bu ishlarda Xalqaro mexnat tashkiloti va Jahon banki qanday yordam berishi mumkin?” mavzuida amaliy mashg'ulotlar, o'zaro fikr almashuvlar va savol-javoblar bo'lib o'tdi.