24.01.2018 2864

2018 YILGA MO'LJALLANGAN DAVLAT DASTURI TASDIQLANDI


22 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi Farmoni imzolandi. Unga muvofiq 2018 yilga mo'ljallangan Davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturi 5 bo'lim, 231 banddan iborat bo'lib, unda ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga 13,5 trillion so'm va 1,3 milliard AQSH dollari yo'naltiriladi. 

Xabaringiz bor, shu yilning 10-20 yanvar kunlari davomida Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalari o'tkazildi. Xususan, hujjat loyihasi Internet tarmog'iga joylashtirilib, fuqarolardan 4400dan ziyod taklif va mulohazalar kelib tushdi. Shuningdek, vazirlik va idoralar, jamoat hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan elektron manzil orqali 150dan ziyod taklif va loyihalar qabul qilindi.

Davlat dasturining rus tilidagi shakli tez kunda sayt foydalanuvchilari uchun taqdim etiladi.

Davlat dasturi bilan tanishish va yuklab olish