25.01.2018 783

«Financial Times» muharriri janob Neyli Bakli bilan uchrashuv


Bugun O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida «Financial Times» xalqaro nashrining Sharqiy Yevropa bo'limi muharriri janob Neyli Bakli bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida O'zbekistonda iqtisodiyot sohasida, jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, investorlar uchun yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida taqdimot orqali ma'lumot berildi.

Shuningdek, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari tomonidan 2018-yil O'zbekistonda "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinganligi hamda ushbu Davlat dasturidan o'rin olgan xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, turizm, qishloq xo'jaligi kabi sohalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar bo'yicha fikr yuritildi.
 

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Axborot xizmati