20.02.2018 1526

O'zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi o'tkazildi.


2018 yil 20 fevral kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Ozarbayjon ishbilarmon doira vakillari xamda maxalliy tadbirkorlar ishtirokidagi O'zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi o'tkazildi.

Qayd etish lozim, ushbu tadbir ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish, shuningdek qo'shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qo'shimcha rag'bat sifatida xizmat qiladi.

Tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilishi va kengayishini qo'llab-quvvatlash, yangi qo'shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat.

Forumda qurilish, savdo, tibbiyot anjomlari, farmatsevtika,  qadoqlash materiallari, nashriyot, poligrafiya, AKT, kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan Ozarbayjonning yirik kompaniyalaridan kelgan 20 dan ortiq vakil, shuningdek, maxalliy  yirik korxona va kompaniyalarning 50 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog'ida ikki davlat tadbirkorlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha masalalar muhokama qilindi.

Qayd etish kerakki, 2017 yil yakunlari bo'yicha tovar aylanmasi – 31,2 mln.AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa, jumladan, eksport – 26,2 mln. AQSH dollarini, import esa – 4,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasida Ozarbayjon Respublikasi sarmoyasi ishtirokidagi 84 ta korxona faoliyat yuritib, ulardan 71 qo'shma korxonalar, 11 tasi Ozarbayjonning 100 % kapitaliga ega.

Ushbu korxonalar savdo, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, moliya va sug'urta, energetika, xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish, oziq-ovqat va yengil sanoati kabi sohalarda faoliyat yuritishmoqda.

O'z navbatida, Ozarbayjon hududida O'zbekistoning 2 ta korxonasi tashkil etilgan, bular «O'zbekiston xavo yullari» MAK va «O'zavtosanoat» dilerlik markazidir.

O'zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligida 1 Ozarbayjon kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan o'tgan.

Biznes forum doirasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ozarbayjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik bitimi imzolandi.

Biznes forum yakunida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov va Ozarbayjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musaev Kurban ogli ishtirokida Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.