22.02.2018 1582

O'zbekiston-Xindiston biznes-forumi o'tkazildi.


2018 yil 22 fevral kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xindiston ishbilarmon doira vakillari xamda maxalliy tadbirkorlar ishtirokidagi O'zbekiston-Xindiston biznes-forumi o'tkazildi.

Qayd etish lozim, ushbu tadbir ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish, shuningdek qo'shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qo'shimcha rag'bat sifatida xizmat qiladi.

Tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilishi va kengayishini qo'llab-quvvatlash, yangi qo'shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog'ida ikki davlat tadbirkorlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha masalalar muhokama qilindi.

Qayd etish kerakki, 2017 yil yakunlari bo'yicha tovar aylanmasi – $323,6 mln dollarini tashkil etgan bo'lsa, jumladan, eksport – $32,5 mln dollarini, import esa – $291,1 mln dollarini tashkil etdi.

Eksportning asosiy pozitsiyalari: qishloq xo'jaligi, transport va turistik xizmatlar, o'simlik sharbatlari va ekstrakti, teri xom ashyosi.

Importning asosiy pozitsiyalari: farmatsevtika maxsulotlari, mexanika va elektr uskunalari, avtomobil extiyot qismlari, transport va turistik xizmatlar, kimyo maxsulotlari, va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasida Xindiston Respublikasi sarmoyasi ishtirokidagi 101 ta korxona faoliyat yuritib, ulardan 15 tasi Xindistoning
100 % kapitaliga ega.

O'zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligida 16 Xindiston kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan o'tgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston delegatsiya vakillarining Xindistonga qilgan safari davomida tashkil qilingan biznes forum doirasida $70 mln.dollga teng 20 investitsion loyixalar   hamda $80 mln.dollga teng 22 kontrakt shartnomalari imzolangan.