24.02.2018 820

O’zbekiston-Amerika o’rtasida videokonferensiya o’tkazildi.


2018-yil 23-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida O’zbekiston-Amerika o’rtasida videokonferensiya o’tkazildi.

Ushbu videokonferensiyadan ko’zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulotlarimizni AQSH bozoriga olib kirish hamda «WСС International» va O’zbekiston ishlab chiqaruvchilari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishdir.

Videokonferensiya davomida O’zbekiston va AQSH o’rtasida mahsulotlarni mahalliylashtirish va moslashuvi bo’yicha tajriba almashish, xalqaro marketing, O’zbekiston tadbirkorlari uchun elektron tijorati kabi masalalar muhokama etildi

.

Tadbirda oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, trubalar, fermasevtika, savdo va elektron tijorat sohasida faoliyat yurituvchi 20 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishdi.

Videokonferensiyada so’zga chiqqanlar 2017-yil sentabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Nyu-York shahriga qilgan tashrifi doirasida  bo’lib o’tgan O’zbekiston-Amerika biznes-forumi yuqori daraja va katta natijalarga erishilgani alohida qayt etildi. Mazkur forum yakunlari bo’yicha jami 2,6 mlrd. AQSH dollarlik shartnomaga erishilgani ikki mamlakat ishbilarmonlarining o’zaro hamkorlik aloqalarining o’rnatilishi qiziqishidan dalolatdir. 

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, 2017-yilda ilk marotaba Nyu-York shahrida ,,Uztrade” savdo uyi tashkil etildi.

Shu yili jami 5.1 mln. AQSH dollari miqdorida O’zbekistondan Amerika bozoriga qovun mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha shartnomaga erishildi.

Hozirgi kunda O’zbekiston Amerikaga kimyoviy mahsulotlar, ho’l va quruq mevalarni, mashinasozlik va hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilmoqda.  2016-yilda O’zbekiston va AQSH mamlakati o’rtasida o’zaro Tovar aylanma hajmi 1.7 marоtabaga oshib, 453.8 mln.AQSH dollarini tashkil qildi.