01.03.2018 940

O'zSSPda "SSP o'quv markazlari salohiyatini mustahkamlash" nomli seminar-trening o'tkazildi


Joriy yilning 21-22 feral kunlari Savdo-sanoat palatasi binosida Savdo-sanoat palatasining viloyatlardagi o'quv markazlarining vakillari ishtirokida ikki kunlik seminar-trening o'tkazildi.

Ushbu seminar-treningni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad o'quv markazlarining 2017 yildagi faoliyati yakuniy natijalarini muhokama qilish va 2018 yil uchun mo'ljallangan ish rejasini ishlab chiqishga qaratildi. Jumladan, o'tkazilgan seminar-trening davomida 2018 yil uchun har bir o'quv markazi faoliyatining asosiy ish yo'nalishlarini belgilab berish orqali o'quv markazlari faoliyatining kelgusidagi samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo'yicha harakatlar rejasi ishlab chiqildi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki,  ushbu seminar-trening “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi (MTP) –O'zbekiston Respublikasi kichik va o'rta biznes korxonalari rahbarlarining salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida biznes-ta'lim sohasining nufuzli va malakali trenerlari ishtirokida olib borildi.

O'zSSP Axborot xizmati