02.03.2018 1192

Isroilda o'tkaziladigan seminarga taklif etamiz


Isroilning taraqqiyot soxasidagi xalqaro hamkorlik agentligi (MASHAV) Isroil Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi qishloq xo'jaligini rivojlantirish Xalqaro hamkorlik markazi (CINADCO) bilan birgalikda “O'zgaruvchan global muhitda ovqatlanish” mavzusida xalqaro seminar tashkil etayotganini ma'lum qilamiz.

Seminar 2018 yilning 27 may - 15 iyun kunlari Isroilning Rexovot shahrida ingliz tilida tashkil etiladi.

Seminar tashkilotchilari tomonidan o'qish bilan bog'liq xarajatlar, dastur yuzasidan tashriflar, yotoqxona, tibbiy sug'urta, aeroportdan olib kelish va aeroportga olib borib qo'yish xarajatlari moliyalashtiriladi. Xalqaro parvozlar va kunlik ovqatlanish xarajatlari ishtirokchi mablag'lari hisobiga qoplanishi ko'zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, Sizdan ushbu ma'lumotlarni tadbirkorlik sub'ekti vakillariga yetkazishingizni hamda qatnashish istagini bildirgan tadbirkorlarning quyidagi xujjatlarini 2018 yil 20 martga qadar taqdim etishingizni so'raymiz:

- Anketa;

- IELTS/TOEFL sertifikati;

- Pasport nusxasi;

- Diplom nusxasi;

- OVIR nusxasi (agar bor bo'lsa);

- 2ta tavsiyanoma;

- Salomatlik holati to'g'risida ma'lumotnoma.

Qo'shimcha savol yuzasidan Tadbirkorlik asoslariga o'qitishni tashkil etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Gulnoza Shermatovaga (Tel.: +998 71 150-60-06; E-manzil: g.shermatova@chamber.uz) murojaat etishingiz mumkinligini bildiramiz.

Seminar haqida МA'LUМОТ va АNКЕТА ilova qilinmoqda.