16.03.2018 6313

Elektron a'zolik guvohnomalar berish tizimi joriy qilindi.


2018 - yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi tomonidan Palata a'zolariga elektron guvohnoma berish tizimi joriy etildi. 

Ushbu elektron guvohnomada Palata a'zosining yuridik nomi, tashkiliy-xuquqiy shakli, shuningdek Palata a'zosining soliq to'lovchining indetifikatsion raqami (STIR), guvohnomaning amal qilish muddati va boshqa ma'lumotlar ko'rstatilgan. Bunday tizimni joriy etishdan maqsad Palata a'zolariga yanada qulaylik yaratish va elektron shaklda guvoxnomalarni yuborish orqali ularning vaqtini tejashdan iborat. Shu bilan birga, guvoxnomani qalbakilashtirishga yo'l qo'ymaslik maqsadida guvohnomani tekshirishning 3 xil ko'rinishi aks ettirilgan: 

  • QR-kod; 
  • Palataning rasmiy veb-saytiga havola;
  • Palataning kol-sentr raqami (telefon orqali a'zolikni aniqlash maqsadida)  

Ushbu elektron tizimning afzalligi quyidagilardan iborat:

  1. Palata a'zolarinig vaqtini tejash, chekka hududlarda joylashgan korxona va kompaniya vakiliga (tadbirkorlik sub'ektlariga) guvoxnomani topshirish bilan bog'liq xarajatlarni qisqartirish;
  2. Guvoxnomani olish muddatini qisqartirish;
  3. Palata a'zolarining yuridik nomi, tashkiliy huquqiy shakli, Palataga a'zolik muddati, guvohnoma sonini va boshqa ma'lumotlarni Palataning elektron bazasidan tekshirish imkoniyatini yaratish.

Shu o'rinda qayd etish lozim, guvoxnomaning yangi elektron ko'rinishi birinchi navbatda Palata a'zoligiga endigina ko'shilgan tadbirkorlarga va a'zolik guvohnomasining amal qilish muddati o'tgan Palata a'zolariga beriladi so'ngra bosqichma-bosqich barcha Palata a'zolari guvoxnomalari elektron shaklga o'zgartiriladi
 

O'zSSP Axborot xizmati