26.03.2018 2898

Prezidentning yangi qarori: 2018 — 2021 yillarda jami 9500 gektar joyga kavrak ekiladi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta tashkil ishlash hajmlarini ko'paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi (PQ-3617, 20.03.2018 y.) qabul qilindi.

Hujjatga ko'ra, Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etiladi. Uyushma kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam ko'rsatish va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.

Shuningdek, qaror bilan kavrak plantatsiyalarini tashkil etish parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko'ra, 2018 — 2021 yillarda jami 9500 gektar joyga kavrak ekilib, undan 2 550 tonna hosil olinishi rejalashtirilgan.

Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlariga ikki oy muddatda kavrak o'sadigan hududlarni xatlovdan o'tkazish va aniqlangan zahira yer maydonlarini doimiy foydalanish uchun uyushma a'zolariga ajratilishini ta'minlash vazifasi yuklandi.