26.04.2018 2440

«Davlat xaridlari to'g'risida»gi qonuni mazmun-mohiyati muhokamasiga bag'ishlangan seminar


О'zbekiston Savdo-sanoat palatasida O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 aprel kuni qabul qilingan «Davlat xaridlari to'g'risida»gi qonuni mazmun-mohiyati muhokamasiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda deputatlar, davlat organlarining mas'ul xodimlari qatnashdi. 

Unda davlat xaridlari to'g'risidagi e'lonlar joylashtiriladigan, xaridlar amalga oshiriladigan va bu jarayonlar haqida onlayn axborot beradigan maxsus sayt (xarid.uz) ishga tushirilgani haqida ma'lumotlar berildi.

Qonun mazmun-mohiyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish bo'limi boshlig'i Abror Gadoev yig'ilganlarga tushuntirib berdi. 

Mazkur qonun hujjati davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonidagi ochiqlik va shaffoflikni ta'minlaydi, elektron formatdagi davlat va jamoat nazorati esa sohada raqobat muhitini yaratish, davlat byudjeti hamda markazlashgan manbalar va davlat ulushiga ega korxonalar mablag'laridan samarali foydalanish imkonini beradi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligi davlat xaridi bilan bog'liq jarayonlarga vakolatli organ qilib belgilangan.

Yig'ilganlar o'zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
 

O'zSSP Matbuot xizmati