26.04.2018 2436

Yosh tadbirkorlarga imtiyozli tijorat kreditlari ajratiladi


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikamizning tijorat banklari xamkorligida 23 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shaxrida viloyatning Shaxrisabz, Yakkabog', Nishon, Mirishkor tumanlarida, 24 aprel kuni esa viloyatning qolgan barcha tuman va shaxarlarida faoliyat olib boruvchi yosh tadbirkorlik sub'ektlari uchun tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini taqdim etish bo'yicha ochiq muloqotlar o'tkazildi. 

Ochiq muloqotlarda yosh tadbirkorlik faoliyatini boshlash, rivojlantirish, kengaytirish va yangi ish o'rinlarini tashkil qilish bo'yicha imtiyozli kredit mablag'lari to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Unda ishtirok etayotgan yosh yigit qizlarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berilib, ko'targan masalalar bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Xususan, viloyat bo'yicha jami 70 ga yaqin yosh tadbirkorlik sub'ektlariga tijorat banklarining imtiyozli kredit mablag'lari ajratilishi belgilab olindi.

Bu kabi ochiq muloqotlar respublikamizning barcha xududlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan

 

O'zSSP Matbuot xizmati