28.10.2015 9659

«O'zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni»


Joriy yilning 30 oktabr kuni O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekistondagi Germaniya iqtisodiyoti Klubi, Germaniya iqtisodiyotining O'rta Osiyodagi vakolatxonasi hamda Konrad Anenauer Fondi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «International Hotel Tashkent» mehmonxonasining «Amir Temur» zalida 5-marotaba «O'zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni» o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tabirni o'tkazishdan maqsad – O'zbekiston va Germiya tadbirkorlari o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish , Germaniya korxonalarining O'zbekistonda biznes yuritish tajribalari to'g'risida taqdimotlar o'tkazish hamda investitsiya va savdo sohasidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini o'rganishdan iborat.

Tadbirning bu yilgi yo'nalishi – energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi, muqobil energiya manbalari, infrastruktura va korxona boshqaruviga bag'ishlangan.

Tadbir doirasida o'zbek va german korxonalarining O'zbekistonda biznes yuritish haqidagi tajribalari haqidagi nutqlari, energiya samaradorligini ta’minlash, infrastrukturani rivojlantirish, korxona boshqaruvi sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish borasidagi ikkitomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan muzokalar bo'lib o'tadi.

Tadbirda ishtirok etish istagida bo'lgan tadbirkorlarni ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi raqamlar bo'yicha murojaat qilishlarini so'raymiz:

Tel: : (+99871) 150-60-07, 233-37-99.

E-mail: f.usmanov@chamber.uz

Aloqa uchun: Usmanov Farizshox

Sizni tadbirda ko'rishdan hursandmiz!