07.05.2018 1865

“Savdo, oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish” mavzusida onlayn o'quv kursiga marhamat


Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Ta'lim va ilmiy tadqiqotlar instituti (YUNITAR) BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda joriy yilning 14 may – 15 iyun kunlari “Savdo, oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish” mavzusida onlayn o'quv kursi tashkil etayotganligini ma'lum qilamiz.

O'quv kursidan ko'zlangan maqsad: savdo-siyosatining MDH davlatlarida  oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish sifatiga bo'lgan ta'sirini hisobga olgan holda, savdo siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun axborot berish, hamda xalqaro savdoni tartibga soluvchi asosiy qoidalar bilan tanishtirish.

Seminar onlayn tarzda, bepul amalga oshiriladi.

Seminarda ishtirok etish uchun quyidagi sayt orqali ro'yxatdan o'tish lozim: http://www.unitar.org/tfsn-ru

Shoshiling ishtirokchilar soni cheklangan.

 

O'zSSP Matbuot xizmati