02.05.2018 2407

Tadbirkorlarning huquqiy himoyasi yo'lidagi hamkorlik


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 yanvardagi “2017-2021 yilarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha xarakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni ko'llab-kuvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida”gi PF-5308-sonli Farmoni bilan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan kamchiliklarni, ayniqsa jinoyatlarni tanqidiy muhokama qilish, bartaraf etish va profilaktika qilishga ko'maklashish bo'yicha chora-tadbir rejasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Mazkur chora-tadbir rejasini O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish buyicha vakili, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo'mitasi bilan tasdiqladi.

Chora-tadbirlar rejasida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklarni kelib chiqish sabablari, shu jumladan qoununchilikdagi bo'shliqlar va qarama-qarshiliklarni tahlil qilish va umumlashtirilgan ma'lumotlarni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga berib borish.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar, ularni keltirib chiqaruvchi sabablarga oid tahlillar natijalarini tadbirkorlar bilan o'tkaziladigan uchrashuvlar, davra suhbatlar, seminarlarda keng muhokama qilish va Palata qoshidagi Ekspert kengashlarida ko'rib chiqish hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqish belgilangan.

chora-tadbir

 

O'zSSP Matbuot хizmati