17.05.2018 1151

Hindistonda o'tkaziladigan o'quv kurslariga taklif etamiz


Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik (ITEC) dasturi doirasida joriy yilning Sentyabr-Oktyabr oylarida tashkil etiladigan o'quv kurslariga qabul boshlanganligini ma'lum qilamiz.

Ma'lumot uchun: “ITEC” dasturi Hindiston Vazirlar Maxkamasi qarori bilan 1964 yil 15 sentyabr sanasida tashkil etilgan bo'lib, Hindiston hukumatining ikki tomonlama yordam dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur Hindiston hukumati tomonidan to'liq moliyaviy qo'llab quvvatlanadi. Hindiston mamlakati rivojlanish yo'lida erishgan tajribalarni Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerika, Karib dengizi davlatlari bilan almashish dasturi hisoblanib, o'z ichiga 309 o'quv kurslarini oladi.

“ITEC” o'quv dasturlari nomzodlariga quyidagi talablar belgilangan:

yoshi: 25 dan 45 gacha;
ingliz tilida erkin so'zlasha olishi;
o'quv kurslari mezonlariga to'g'ri kelishi;
o'quv kursi boshlanish sanasidan ikki oy oldin barcha kerakli hujjatlarning topshirilishi.
“ITEC” dasturiga hujjat topshirish elektron sahifada (www.itecgoi.in) ro'yxatdan o'tgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, hujjatlarning bir nusxasi nomzodga tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomasi bilan birga Savdo-sanoat palatasi orqali Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasiga topshiriladi.

“ITEC” ta'lim dasturi doirasida tashkil etiladigan o'quv kurslari RO'YХATI (ingliz tilida).

Ushbu masala yuzasidan qo'shimcha savollar mavjud bo'lgan hollarda Tadbirkorlik asoslariga o'qitishni tashkil etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi G.Shermatovaga (Tel.: (+998 71) 150-60-06; E-manzil: g.shermatova@chamber.uz) murojaat etishingiz mumkin.