24.05.2018 3592

“Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi innovatsion texnologiyalar” mavzusida biznes-seminar o'tkazildi.


24 may kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi innovatsion texnologiyalar” mavzusida biznes-seminar o'tkazildi.

Tadbirda Ukraina, Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Germaniya, Turkiya va O'zbekistonning innovatsion texnologiyalari bilan shug'ullanadigan etakchi kompaniyalar ishtirok etdi.

Biznes-seminarda energetika, neft-gaz va kommunal sohalarda yangi innovatsion texnologiyalar loyihalari taqdim etildi.

Shuningdek, iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida energiya tejaydigan texnologiyalarni amalga tadbii etish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarning energiya sarfini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini jadal rivojlantirish, zamonaviy energiya tejovchi uskunalar, asboblar va materiallar ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi binolarni qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini ta'minlash bo'yicha ustuvor yo'nalishlar belgilandi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar mamlakatimizda energetika resurslaridan samarali va tejamkor foydalanish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta'kidlab o'tildi.

Jismoniy va ma'naviy eskirgan ishlab chiqarish ob'ektlarini energiyani tejovchi texnologiyalar bilan almashtirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirishda foydalanish, elektr va gazni tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mavjud xom-ashyo bazasidan oqilona foydalanish, qayta ishlash loyihalarini ilgari surish sohalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Energiya ishlab chiqarish, yetkazib berish va iste'mol qilish sohasida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishini hisobga olgan xoda tajriba almashish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda.

Energiya tejamkorligi va energiya samardorligini yanada oshirish, energiya manbalarini qayta tiklash sohasida horijiy davlatlarning mutaxassislar va amaliyotchilar qonunchilik, texnologik va innovatsion tajribalarni o'rganishda bilan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Eng asosiysi, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yangi tuzilmalar qayta tiklandi va yaratildi bu esa innovatsion enegriya tejovchi texnologiyalarni qo'llash tizimini tubdan yahshilashga qaratilgan.

 

O'zSSP Matbuot xizmati