22.06.2018 247

«TEMIRYO’L – SUG’URTA» kompaniyasining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilindi


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga shu yilning fevral oyida «TEMIRYO’L – SUG’URTA» MJCh QK o'z manfaatlarni huquqiy himoya qilish yuzasidan murojaat qildi.

Unda «TEMIRYO’L – SUG’URTA» kompaniyasi Fuqarolik ishlari bo'yicha Yangiqo'rg'on tumanlararo sudining 08.04.2015 yildagi hal qiluv qaroridan norozi ekanligi bildirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2017 yildagi PF-5087-sonli Farmonida berilgan vakolatlaridan foydalangan holda 2018 yil 12 fevralida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida protest keltirish to'g'risida Iltimosnoma kiritildi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining malakali yuriskonsullari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atining 2018 yil 7 maydagi ajrimi bilan Fuqarolik ishlari bo'yicha Yangiqo'rg'on tumanlararo sudining 08.04.2015 yildagi hal qiluv qarorining «TEMIRYO’L – SUG’URTA» kompaniyasiga oid qismi o'zgartirilib, yangi hal qiluv qarori qabul qilinishi belgilangan hamda «TEMIRYO’L – SUG’URTA» kompaniyasining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilingan.

 

O'zSSP Matbuot xizmati