22.06.2018 294

Malayziyada o'tkaziladigan “Xalqaro ishtirokchilar uchun iqtisodiy diplomatiya” mavzusida xalqaro seminarga taklif etamiz


Malayziyaning texnik hamkorlik dasturi (MTCP) Malayziya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatiya va tashqi aloqalar instituti (IDFR) bilan hamkorlikda “Xalqaro ishtirokchilar uchun iqtisodiy diplomatiya” mavzusida xalqaro seminar tashkil etmoqda.

Seminar 2018 yilning 13-27 sentyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lampur shahrida ingliz tilida tashkil etiladi.

Seminar tashkilotchilari tomonidan o'qish, dastur yuzasidan tashriflar, yotoqxona, kunlik ovqatlanish, hamda bir tomonlama aviabilet xarajatlari moliyalashtiriladi. 

 

Dastur qatnashchilari uchun quyidagi talablar belgilangan: 

- Yoshi 25-45 gacha; 

- Kamida 5 yillik ish tajribasi; 

- Ingliz tilini mukammal darajada bilishi.

 

Dasturda qatnashish uchun quyidagi xujjatlarni 2018 yil 6 iyulga qadar taqdim etishingizni so'raymiz:

- Anketa;

- Ish joyidan ma'lumotnoma;

- Pasport nusxasi;

- Diplom nusxasi;

- OVIR nusxasi (agar bor bo'lsa);

- Savdo-sanoat palatasiga a'zolik guvohnomasi.

 

 Qo'shimcha ma'lumotlar bilan +998 71 150 60 06 raqami orqali tanishingiz mumkin. 

 

O'zSSP Matbuot xizmati