03.07.2018 1055

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qirg'iziston Respublikasining “JIA” Assosiasiyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi


2018 yil 3 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qirg'iziston Respublikasining “JIA” Biznes Assosiasiyasi tashkilotchiligida ikki mamlakat yosh tadbirkorlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan yosh tadbirkorlik sub'ektlari va Qirg'iziston yosh tadbirkorlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, savdo aloqalari yo'lga qo'yilishi va kengayishini qo'llab-quvvatlashdan iborat.  

Uchrashuvda delegatsiya vakillari O'zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ulkan isloxotlar hamda mamlakatimizda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart sharoitlar va imtiyozlarni yuqori baxolashdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, ishbilarmonlik muhitini yahshilash, biznesni qo'llab quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy himoya qilish, mamlakat iqtisodiyotining investitsion jozibadorligini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Uchrashuv so'nggida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qirg'iziston Respublikasining “JIA” Assosiasiyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

O'zSSP Matbuot xizmati