20.11.2015 4228

«Wyndham Tashkent» mehmonxonasida Ikkinchi Toshkent Xalqaro Parrandachilik Forumi “EvroOsiyo-2015”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi


Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston menejerlar uyushmasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda 2015 yil 24 noyabr kuni «Wyndham Tashkent» mehmonxonasining konferentsiyalar zalida Ikkinchi Toshkent Xalqaro Parrandachilik Forumi “EvroOsiyo-2015”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad – respublikamizda parrandachilik sanoatini rivojlantirish, parranda yetishtiruvchi xo‘jaliklar uchun zamonaviy texnologiyalar va veterinariya hamda dori vositalarini etkazib berish, parrandachilik sanoatidagi jahon amaliyotida qo‘llanilayotgan ilg‘or boshqaruv tajriba va texnologiyalari bilan o‘zaro tajriba almashish, parrandachilik uchun zamonaviy mini-texnologiyalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha masalalarni muhokama qilishdan iboratdir.

Forum doirasida parrandachilikni tashkil etish, veterinariya, omuxta-em ishlab chiqarish hamda parrandachilikda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Mazkur Forumda ishtirok etish istagida bo‘lganlar tadbirkorlarni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limiga (+99871) 150-60-07 telefon raqami orqali murojaat etishingizni so‘raymiz.