25.11.2015 7290

“Biznes konsultant” jurnali tahririyati O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Ko‘rgazma tashkiliy qo‘mitasi tomonidan maxsus Diplom bilan taqdirlandi


Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston matbuoti” V Milliy ko‘rgazmasida Savdo-sanoat palatasi o‘z muassisligidagi “Biznes konsultant” jurnali bilan ishtirok etdi. Palataning ko‘rgazmadagi ishtirokini yuqori baholagan holda “Biznes konsultant” jurnali tahririyati O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Ko‘rgazma tashkiliy qo‘mitasi tomonidan maxsus Diplom bilan taqdirlandi.