27.11.2015 6573

Elektron tarzda tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar soni 40 000 dan oshdi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etilgandan beri fuqarolar tomonidan yuborilgan arizalar soni 40 000 dan oshdi. Shu kungacha arizasi qanoatlantirilgan, ya’ni tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganlari soni 39 000 dan oshiq arizani tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 noyabridagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli Qaroriga asosan 2014 yilning 1 yanvaridan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da elektron tarzda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ishga tushirilgan. Qarorga muvofiq, ushbu xizmat monitoringini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul vazirlik, tashkilotlar mas’ul etib belgilangan.