02.12.2015 6740

“Yosh fermer’’ ko‘rik-tanlovining yakuniy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi


25-27 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatinnng Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Vatanimiz taraqqiyoti uchun barchamiz birdek mas’ulmiz!” shiori ostidagi “Yosh fermer’’ ko‘rik-tanlovining yakuniy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda jadallik bilan rivojlanib borayotgan fermerlik harakatida faol ishtirok etayogan shijoatli, izlanuvchan, teran fikrlaydigan, tashabbuskor, dunyoqarashi keng bo‘lgan, qishloq infratuzilmasining rivojlanishi va aholisining farovonligini o‘sishi uchun masьuliyat bilan mexnat qilayotgan yosh fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yurtimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlari, jamoat ishlaridagi faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Fermerlari Kengashi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekistan Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank” ATB hamda “Agrobank" ATBlari xamkorligida ilk marotaba o‘tkazilayotgan "Yosh fermer ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi joriy yilning 25-27 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘tkazildi.
26 noyabrь kuni dastlab ishtirokchilar "El yurt tayanchi” monumenti poyiga gulchambar qo‘ydilar. Ko‘rik-tanlovning Nizomiga asosan ishtirokchilar Don va dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarida etishtirilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etishdi. Shuningdek ko‘rik-tanlov shartlari asosida o‘zaro bellashdilar.
27 noyabr kuni ishtirokchilar hamda tashkiliy qo‘mita a’zolari so‘nggi yillarda Qarshi shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari shuningdek, diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. Shundan so‘ng Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurib, universitetda yaratilgan imkoniyatlar, zamon talablariga mos ravishda jihozlangan O‘quv laboratortoriyalari, axborot resurs markazi bilan yakindan tanishdilar. Universitet faollar zalida tashkil etilgan vohaning iste’dodli sanьatkorlari ishtirokidagi kontsert dasturiga ko‘rik-tanlovning yakuniy Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri ulanib ketdi.