14.08.2018 1237

Qorako'lchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi


Qorako'lchilik bilan shug'ullanadigan sub'ektlar tomonidan yetishtirilgan qo'y terisi, qorako'l terisi va junni xarid qilish, saqlash hamda qayta ishlash tashkilotlariga yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan qo'y terisi, qorako'l terisi va junni “Qorako'lchilik” markazlari tomonidan qorako'l terisi va junni xarid qilish, saqlash hamda qayta ishlash tashkilotlariga shartnoma asosida yetkazib berish tizimi joriy etildi.

Bundan tashqari qaror bilan Qorako'lchilik bilan shug'ullanadigan sub'ektlar tomonidan yetishtirilgan qo'y terisi, qorako'l terisi va junni xarid qilish, shuningdek, ularga ozuqa maqsadlari uchun omixta yem, arpa doni, paxta shtori va sheluxasini sotish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq qo'y terisi, qorako'l terisi va junni tayyorlash hamda xarid qilish “Charmsanoat” va “Qorako'lchilik” uyushmalari tizimidagi korxonalar tomonidan 50 foiz bo'nak to'lash orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari savdolar jarayonida narxlar oshishining yo'l qo'yiladigan chegarasi boshlang'ich narxga nisbatan 15 foizgacha miqdorda belgilanadi va narx 15 foizdan oshib ketgan taqdirda savdolar to'xtatiladi.

 

O'z SSP Matbuot xizmati