14.08.2018 1214

Namangan viloyati tadbirkorlari Belorussiya Respublikasiga tashrif buyurishdi


Joriy yilning 12-19 avgust kunlari Namangan viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan bir gurux tadbirkorlik sub'ektlari ishbilarmonlik tashrifi bilan Belorussiya Respublikasining Mogilev viloyatida bo'lishadi.

Bugun, kunning birinchi yarmida Namangan viloyat hokimining birinchi o'rinbosari A.Fayzullaev boshchiligidagi delegatsiyasi a'zolari, Mogilev Savdo-sanoat palatasida tomonidan tashkil etilgan biznes-forumda Belarus Respublikasining Mogilev viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan kichik va yirik biznes vakillari ishtirok etdilar.

Mazkur biznes-forumda ikki davlat o'rtasida o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda investitsion hamkorlikni yanada jadallashtirish yuzasidan o'zaro fikrlar almashildi.

Biznes-forumda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududiy boshqramasi boshlig'i K.Djamalov viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq ho'jaligi mahsulotlarini Belarussiya bozorlariga o'zaro manfaatli kelishuvlar asosida yetkazib berish hamda ikki viloyat o'rtasida eksport va import bo'yicha hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish yuzasidan o'z takliflarini berdi.

 

O'z SSP Matbuot xizmati