18.08.2018 2172

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun ko'rik-tanlovda ishtirok eting!


2018 yil 16 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkor, fermer va hunarmandlar o'rtasida o'tkaziladigan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi 676-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga asosan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari 27 avgustdan 28 sentyabrga qadar, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari 5 oktyabrdan 25 oktyabrga qadar, respublika bosqichi 14-15 noyabr kunlari, ko'rik-tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi 16 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Tanlovda tadbirkor, fermer hamda hunarmandlar quyidagi 5 ta yo'nalishlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun bellashadi:

  1. Sanoat sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori”;
  2. Xizmat ko'rsatish sohasida – “Yilning eng yaxshi tadbirkori”;
  3.“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”;
  4.“Yilning eng yaxshi fermeri”;
  5.“Yilning eng yaxshi hunarmandi”.


“Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovida ishtirok eting va Prezident sovriniga ega bo'ling.

Ma'lumot uchun telefon raqamlar:

+99871 150 91 67;

+99871 150 91 68.

 

O'z SSP Matbuot xizmati