14.12.2015 3760

MAHALLIY VA XORIJIY INVESTORLAR DIQQATIGA!


Samarqand shahrida joylashgan to‘qimachilik sohasidagi “G‘ANI RAXIMOV IShONCh” xususiy ishlab chiqarish korxonasi mahalliy yoki xorijiy investorlar bilan hamkorlikda tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni hamkorlikda amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qiladi.
Mazkur korxonaning ishlab chiqarish majmuasi umumiy 0,5 Ga er maydonida joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish hududi tabbiiy gaz va oqava suv tarmoqlariga ulangan hamda korxona ichimlik suvb bilan ta’minlangan. Korxona hududida suv zahirasini saqlash uchun (50 m3 suv)  havza barpo etilgan.
Korxonaning ishlab chiqarish majmuasi 2 ta ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, binolarning hajmi quyidagichadir:
-Birinchi bino - 2 qavatli ishlab chiqarish binosi 60X20=1400X2=2400;
-Ikkinchi bino - 2 qavatli ishlab chiqarish binosi 60X12=720X2=1440.
 Korxonada trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun quyidagi dastgohlar mavjud:
 -eski tikuv mashinalari (1097kl, 1022kl) - 40 dona;
 -yangi tikuv mashinalari (Xitoyda ishlab chiqarilgan) - 40 dona;
 - jakkard rusumli to‘quv dastgohlari (KLK-5M) - 10 dona;
 -paypoq to‘qish mashinalari - 6 dona.
Korxona mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan hamorlikda tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istagini bildirmoqda. Shu bilan birga mahalliy kompaniyalar tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha boshqa qiziqarli takliflar bildirilgan taqdirda “G‘ANI RAXIMOV IShONCh” XKsi rahbariyati o‘zaro hamkorlik loyihasini ham ko‘rib chiqishga tayyordir.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mazkur korxona bilan hamkorlikda trikotaj sohasida hamkorlikda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish istagida bo‘lgan mahalliy va xorijiy investorlar o‘z takliflarini Palataning Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limiga (g.usmanov@chamber.uz mailto:g.usmanov@chamber.uz) yuborishlarini so‘raymiz.
Ushbu korxona bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Palataning mas’ul xodimi Usmonov G‘afurjonga

+99871 150-91-69 telefoni orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.