16.12.2015 5730

“Bir darcha” markazlari xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi PK-2412-son Qarorining 7-bandida O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasiga belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda «Bir darcha» markazlari xodimlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tegishli dasturiy ta'minot orqali va idoralararo elektron o‘zaro aloqa tizimi bilan ishlashda yangi tartiblarni batafsil tushuntirish maqsadida joriy yilning 8 dekabrь kun Namangan tumanida Namangan shahar, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq, Chust, Pop tumanlari hamda 9 dekabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida Chortoq, Kosonsoy, Uychi,  Norin, Uchqo‘rg‘on tumanlarining “Bir darcha” markazlari xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi.

O‘quv-amaliy seminar ishtirokchilariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tegishli dasturiy ta’minot orqali va idoralararo elektron o‘zaro aloqa tizimi bilan ishlashning yangi tartiblari to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, “Yagona darcha” markazi orqali namuna tarzida tadbirkorlik sub’ektidan ruxsat berish tartibidagi xujjatlarni qabul qilish, uni tegishli xizmat ko‘rsatuvchi davlat organiga yuborish va ijrosini qabul qilish hamda tadbirkorlik sub’ektiga ma’lum qilishni amalda qo‘llash bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektining tuman elektr tarmoqlari korxonasiga murojaati yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, Iqtisodiyot bosh boshqarmasi,viloyat Kompyuterlashtirish markazi, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shahar va tumanlar Axborot ma’lumot markazlari, Biznes markazlari xodimlaridan iborat jami 71 nafar ishtirokchilar qatnashdi.