11.09.2018 2539

Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovi Namangan viloyatida


Namangan viloyatida kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ushbu soha vakillarining qonuniy manfaatlari va xuquqlarining ishonchli kafolatini ta'minlash hamda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar natijasida bu sohada bir qator yutuqlarga erishib kelinmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirishda, yangidan-yangi iqtidorli va  salohiyatli tadbirkorlarni kashf etishda muhtaram Yurtboshimiz takliflari bilan o'tkazib kelinayotgan “Tashabbus-2018” ko'rik-tanlovi alohida o'rin tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o'rtasida 2017 yil yakunlari bo'yicha o'tkaziladigan  «Tashabbus-2018» ko'rik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etish to'g'risida»gi 676-F-sonli Farmoyishining viloyatdagi ijrosini ta'minlash bo'yicha Namangan viloyat xokimining 2018 yil 20 avgustdagi 353-F-sonli Farmoyishi qabul qilindi.
Unga asosan ko'rik-tanlovning shahar va tuman bosqichlari 27 avgust-28 sentyabr kunlari o'tkaziladi. 

2018 yil 7 sentyabr kuni Mingbuloq tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan “Tashabbus-2018” ko'rik tanlovining Mingbuloq tuman bosqichida Nominatsiyalar bo'yicha jami 68 ta tadbirkorlar ishtirok etdi, shundan xususiy tadbirkorlar 37 ta, hunarmandlar 23 ta, fermerlar 11 ta, tashkil etdi.

Mazkur ko'rik-tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishini rag'batlantiruvchi biznes muhitini yaratish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatidagi ilg'or tajribalarni ommalashtirish, shu bilan birga tadbirkorlar o'rtasida xo'jalik aloqalarini kengaytirish va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini reklama qilishga ko'maklashishdan iborat.

 

 

O'z SSP Matbuot xizmati