18.09.2018 2640

"Ta'lim va Mutaxassislik" XIX - xalqaro ko'rgazmasiga taklif etamiz


2018 yilning 20-22 sentyabr kunlari O'zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi, “Expocontact” kompaniyasi o'n sakkizinchi xalqaro “Ta'lim va Mutaxassislik” ko'rgazmasini tashkil qiladi.

Ko'rgazmaning asosiy maqsadi:

 - O'zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o'quv yurtlarida, zamonaviy metodikalar asosida ta'lim berishlari bilan tanishtirish, o'zaro tajriba almashishga ko'maklashish, shuningdek yoshlarga va keng ommaga o'zlarini qiziqtirgan mutaxassisligi bo'yicha bilim olishlari uchun, o'quv yurtlarini tanlashga yordam berish.


Ko'rgazmaning vazifalari:

 - O'zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o'quv yurtlarida qaysi mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim olishning imkoniyatlari borligi haqida ma'lumot berish;
 - Yoshlarda mutaxassislik tanlashga qiziqish uyg'otish va shu sohada ta'lim olishga jalb etish;
 - Ikkinchi kasb-hunar o'rganish yoki o'z kasbi bo'yicha malakasini oshirish istagida bo'lgan shaxslarga ta'lim olish uchun o'quv yurtini topishga yordam berish;
 - O'quv yurtlarini jihozlash uchun ishlab chiqarilgan, texnik vositalar, o'quv-metodologik adabiyotlar, mebel-jihozlar va kompyuterlashtirishning eng oxirgi yutuqlari bilan tanishtirish.

Ko'rgazmaning asosiy yo'nalishlari:

 - Oliy o'quv yurtlari;
 - O'rta maxsus ta'lim muassasalari;
 - O'quv markazlari;
 - Malaka oshirish institutlari;
 - Xususiy maktablar, til markazlari;
 - Ko'rgazmaning yordamchi yo'nalishlari:
 - Ta'lim muassasalari uchun dasturlar;
 - Ta'limdagi informatsion texnologiyalar;

 - O'quv qo'llanmalar;
 - O'quv mebeli va kanselyariya jihozlari;
 - Sport jihozlari.

Ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar – maktab, kollej va litsey o'quvchilari, abiturientlar, talabalar, ularning ota-onalari, o'quv muassasalarining vakillari, shuningdek barcha qiziquvchilar.

Ko'rgazma o'tkazilish davrida mamlakatimizning 35 dan ortiq institut va universitetlari, 40 dan ziyod o'quv markazlari hamda Yevropa, Osiyo, Latviya, Rossiya va bir qancha boshqa mamlakat universitetlari ishtirok etdi. “ Ta'lim va Mutaxassislik ” ko'rgazmasiga umumiy hisobda 30.000 dan ortiq odam tashrif buyurdi. Tashrif buyurganlarning asosiy qismi 14-25 yoshdagi yoshlar bo'ldi.

Ishtirok etish shartlari: Ko'rgazmada ishtirok etish istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilotchining nomiga belgilangan shakldagi arizani jo'natib, shartnoma tuzadi.

Stendning minimal hajmi 9 kv.m., uchta devor, 1stol, 2 stul, 1 urna, 220B quvvatdagi elektr tarmog'i, 2ta chiroq, friz yozuvi, katalog (ishtirokchilar haqida ma'lumot), ishtirokchilar uchun 2 ta beydjik (ruxsatnoma).

Ko'rgazma yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq bilan taqdirlanadilar.

Ko'rgazma tashkilotchisi:

Expocontact
100070, O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh. SH.Rustaveli k. 22
Murojaat uchun telefon.: 256-36-14
Faks: +99871 256-36-13
E-mail: ssp-expocontact@mail.ru


Xalqaro ko'rgazmada ishtirokingiz – bu o'zingizning maxsus fakultet va bo'limlaringizni tanishtirish, u yoki bu talim olish shaklining afzalliklarini namoyon qilish imkoni! Sizlarni ko'rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz.

 

Manzil: Yoshlar Ijod Saroyi, Mustaqillik ko'chasi 2, mo'ljal “Mustaqillik maydoni” metrosi.

 

O'z SSP Matbuot xizmati