19.09.2018 1520

Mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari diqqatiga!


Respublikamizda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xorijiy bozorlarga eksport qilishda zamonaviy energiya tejashga qaratilgan asbob-uskuna va texnologiyalarni jalb etish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2018 yil 26 sentyabr kuni soat 10-00 da Palataning katta majlislar zalida “O'zbekistonda eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishda ekologik xavfsiz sanoat sovutgichlarini qo'llanilishi” mavzusida amaliy seminar tashkil etiladi.

Mazkur seminarda meva-sabzavot, go'sht-sut, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash borasida yetakchi sanalgan «Mayekawa Co.Ltd.» (Yaponiya), «Danfoss A/S» (Daniya), «Guntner GmbH&Co. KG» (Germaniya) kompaniyalari vakillari tomonidan taqdimotlar o'tkaziladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda zamonaviy sanoat sovutgichlarni o'z faoliyatida joriy etish istagida bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari seminarda ishtirok etish bo'yicha takliflarini (korxona nomi, ishtirok etuvchi xodim ismi-sharifi, telefon raqami) 2018 yil 20 sentyabrga qadar Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasining g.usmanov@chamber.uz yoki palata_ex@mail.ru  elektron manziliga yuborishlarini so'raymiz.

 

O'z SSP Matbuot xizmati