04.10.2018 2678

15-19 oktyabr kunlari Italiyalik xalqaro trener Sandro Angiolini ishtirokida BEPUL seminarga taklif etamiz!


O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Milan shahri (Italiya) Savdo-sanoat palatasi qoshidagi FORMAPER agentligi va Qozog'iston Respublikasining savdo va sanoat korxonalari uyushmasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining texnik ko'magida 2017-2019 yillar davomida “Qiymat zanjirlarini yaratish, barqaror rivojlanish va eko-innovatsiyalarni takomillashtirish orqali oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish” loyihasini amalga oshirilayotganini ma'lum qiladi.

Ushbu loyiha bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining quyidagi hududlarida amalga oshirilmoqda: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri.

Loyihadan ko'zlangan maqsad: Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda qishloq xo'jaligi korxonalarini samarali qo'llab-quvvatlash hamda ularni sifat jihatdan yangi raqobatbardoshlik darajasiga olib chiqish maqsadida professional mutaxassislar tarmog'ini yaratish va mustahkamlash.

Ushbu munosabat bilan, 2018 yilning 15-19 oktyabr kunlari “Le Grande Plaza” mehmonxonasining (Toshkent shahar, O'zbekiston ovozi ko'chasi, 2) konferens-zalida ushbu loyiha doirasida tashkil etiladigan navbatdagi 5 kunlik seminar bo'lib o'tashini ma'lum qilamiz.

Seminar mavzusi: «Yashil iqtisodyot va yashil moliyalashtirish».

Seminar Italiyalik xalqaro trener Sandro Angiolini tomonidan olib boriladi.

Ushbu seminarda quyidagi tashkilot va korxonalarning mutaxassislari taklif etiladi:

-  Biznesni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar;

-  Agrosanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalarining uyushmalari;

-  Seminar mavzusi doirasida konsalting xizmatlarini ko'rsatayotgan korxonalar;

-  Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasining biznes maslahatchilari.

Shu bilan bir qatorda ta'kidlash lozimki, ushbu loyiha doirasida 3 yil davomida bir qator seminarlar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yuqorida sanab o'tilgan maqsadli guruhlar uchun amaliyotlar o'tkazilishi belgilangan.

Seminarda ishtirok etish bepul.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Namangan viloyatidan (har bir hududdan 6 nafar) ishtirokchilar uchun seminarda ishtirok etish bilan bog'liq barcha xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi.

Seminarda ishtirok etish qiziqishini bildirganlar seminar antekasini to'ldirib, 2018 yilning 11 oktyabr kuniga qadar d.jumaniyazov@chamber.uz elektron manziliga yuborishlari so'raladi.

Ishtirokchilar soni cheklangan, ishtirokchilarning yakuniy ro'yhati O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan loyiha talablariga mos ravishda shakllantiriladi!

 

Anketani yuklab olish 

 

O'z SSP Axborot hizmati t.me/uzchamber